12 мар. 2015 г.

Post (blogpost emas)

Bugun yana kechikdim, yo'q yo'q shoshilmangiz gap bunda emas gap meni doimo ajablantirib kelayotgan bitta voqea haqida.

Eshiklar yopiladi keyingi bekat chilonzor.

Ayrim sabablarga ko'ra o'qishga qatnayapman. Deyarli har kuni. Uyimdan, viloyatdan. Har kuni har xil vaqtda chiqaman. Chunki darslar har xil vaqtda boshlanadi, ba`zida 10:00 da, ba`zida 11:30 da, ba`zida 13:20 da. Ha, dekanatimiz ham super tushunarsiz qarorlari bilan butun universitetda mashhur, xuddi PFL kabi.

Bundan 1 hafta-10 kun oldin postda ushlanib qolgandim, 1 soatcha. Keyin bilsam, bu hali boshlanishi ekan.

Avallari telefonda bitta kino tugashga ulgurmasdi, hozir esa bemalol bittani tugatib, undan keyin "South park"ning bir seriyasini ko'rishga ham ulguryapman.

"Toshkent" postida taxminan 1-1,5 km masofaga cho`zilgan 6-7 qator mashinalar navbatini kutishadi, o'zi yo'lga uzog'i 4 ta qator sig'ishi mumkin deb o'ylardim, keyin bilsam buyog'i o'zbekchilik, tirikchilik, aybi yo`qchilik...

Telefon quvvatini o'ylab, cho'ntakka soldim (artelda), yonimdagi qizning 7 avlodini surishtirib chiqdim gap qomaganidan. Oldinda o'tirgan bola uyg'ondi, taksist bola yarim soatcha norasmiy xotini bilan gaplashdi menimcha, qani endi navbat kelsa? Mashinadan ko'p lo'li, birinchisiga pul bermagandim oltinchi yoki yettinchisiga pul berdim. Ja uyaltirvorishgandi qizning yonida.
 ... Keldi navbatimiz keldi, uraaa!
Postda nima bo'layotganini endi biz ham ko'ramiz, o'z ko'zimiz bilan ko'ramiz! Bizgacha yetib kelgan: "narkotik qidirayotganmish", "bomba izlayotganmish", "bir guruh terroristlarni qidirayotganmish.." qabilidagi gaplarga oydinlik kiritamiz! Navbatimiz kelayotgan sari meni qanaqadir hissiyotlar chulg'ab olardi, kinolarda bo'lardiyu yonib ketgan uy ichidan ooooxirida o'zi yoki qo'lida qanaqadir qizchani ko'tarib chiqadi, hamma xursand, qarsak chalgan, o`t o`chiruvchilar bir birini quchoqlagan "premiya" uxlamadi deb, men esa g'urur bilan mashinaning orqa o'rindig'ida o'tirardim.

Postda 3-4 nafar DAN hodimi, 3 qator mashinalarni tekshirishardi. Bizning navbat keldi. Haydovchiga "bagajni och" deganday belgi ko'rsatishdi, yukxona ochildi. Hamma hayajonda (yoki menga shunday tuyulyotgandi) pashshaning uchgani seziladi demoqchi edim yaqin atrofda pashsha yo'q, tixo, spokoynode karoche)

- Sumkalar kimniki? (Orqadan ovoz keldi)
- Meniki. (Oldinda o'tirgan bola)
- Ichida nima bor?
- Kiyimlarim.

Yukxona yopildi, ustidan 2 marta urildi. Bu "ketaveringlar" degani edi.

Ketayapmiz, hamma hayron. Shuncha kutib, shuni ko'rdikmi? Shuncha vaqt "sumkada nima bor" degan savolga bizni "qimmatli" (meniki ja qimmatmasdir, lekin yonimdagilar rostdan shoshishyatgandi) vaqtimiz olindimi? Taksist kulyapti, men kulyapman, hamma kulardi. "Ey inson hech bo'lmaganda sumkani ochib ko'r" derdi taksist.

Taksist yo'l bo'yi ensani qotirib kelgan bo'lsayam bu gapida jon bor edi. Shunaqa katta tekshiruv ekan, tintuv qilishsin, yonimizga itini olib kelib hidlatmaydimi, bizga qanaqadir rasmlar ko'rsatishsin, pasportimizni so'rashsin, hech bo'lmaganda sumkani ochib qarashmaydimi?
"Kiyimlarim" degandi, chippa-chin ishondi? Bo'pti, ochib qaramas ekansan, sumka egasining yoniga kelib, shu savolni berib, yuz tuzilishi o'zgarishini kut! Balki dovdirar! Balki sarosimaga tushar! Ko'zlari olayib "men, meeen, kiyimim, kiyimlarim" der?! Yoki anavi bolaning peshanasiga "yolg'on detektor"ini ulaginda monitorga qara? Balki yolg'on gapirayotgandir!?
Atrofga qaradim birorta belgi yo'q
mana shunga o'xshagan. Ho`p, shunaqa ekan ular qanaqa javob kutishgandi? "Ichidami? Ha, 2 kg geroyin bor kamandir aka" yoki, "4-5 ta granatacha borda aka" degan javob kutilgandi chog'i?

Xullas, bolaning yolg'on gapirmasligi uchun birorta sabab ko'rmadim. Lekin men bu gaplarim bilan bolani yolg'on gapirdi demoqchimasman. DAN xodimining ustidan ham kulmayapman. Shunchaki, o'z ishiga mas`uliyat bilan yondashib, sal e'tiborliroq bo'lganda zarar qilmasdi.

Endi har kuni shunaqa ekan, uzun-quloq gaplarga qaraganda Navro'zgacha davom etarmish...

Комментариев нет:

Отправить комментарий