12 мар. 2015 г.

Post (blogpost emas)

Bugun yana kechikdim, yo'q yo'q shoshilmangiz gap bunda emas gap meni doimo ajablantirib kelayotgan bitta voqea haqida.

Eshiklar yopiladi keyingi bekat chilonzor.

Ayrim sabablarga ko'ra o'qishga qatnayapman. Deyarli har kuni. Uyimdan, viloyatdan. Har kuni har xil vaqtda chiqaman. Chunki darslar har xil vaqtda boshlanadi, ba`zida 10:00 da, ba`zida 11:30 da, ba`zida 13:20 da. Ha, dekanatimiz ham super tushunarsiz qarorlari bilan butun universitetda mashhur, xuddi PFL kabi.

Bundan 1 hafta-10 kun oldin postda ushlanib qolgandim, 1 soatcha. Keyin bilsam, bu hali boshlanishi ekan.

Avallari telefonda bitta kino tugashga ulgurmasdi, hozir esa bemalol bittani tugatib, undan keyin "South park"ning bir seriyasini ko'rishga ham ulguryapman.

"Toshkent" postida taxminan 1-1,5 km masofaga cho`zilgan 6-7 qator mashinalar navbatini kutishadi, o'zi yo'lga uzog'i 4 ta qator sig'ishi mumkin deb o'ylardim, keyin bilsam buyog'i o'zbekchilik, tirikchilik, aybi yo`qchilik...

Telefon quvvatini o'ylab, cho'ntakka soldim (artelda), yonimdagi qizning 7 avlodini surishtirib chiqdim gap qomaganidan. Oldinda o'tirgan bola uyg'ondi, taksist bola yarim soatcha norasmiy xotini bilan gaplashdi menimcha, qani endi navbat kelsa? Mashinadan ko'p lo'li, birinchisiga pul bermagandim oltinchi yoki yettinchisiga pul berdim. Ja uyaltirvorishgandi qizning yonida.
 ... Keldi navbatimiz keldi, uraaa!
Postda nima bo'layotganini endi biz ham ko'ramiz, o'z ko'zimiz bilan ko'ramiz! Bizgacha yetib kelgan: "narkotik qidirayotganmish", "bomba izlayotganmish", "bir guruh terroristlarni qidirayotganmish.." qabilidagi gaplarga oydinlik kiritamiz! Navbatimiz kelayotgan sari meni qanaqadir hissiyotlar chulg'ab olardi, kinolarda bo'lardiyu yonib ketgan uy ichidan ooooxirida o'zi yoki qo'lida qanaqadir qizchani ko'tarib chiqadi, hamma xursand, qarsak chalgan, o`t o`chiruvchilar bir birini quchoqlagan "premiya" uxlamadi deb, men esa g'urur bilan mashinaning orqa o'rindig'ida o'tirardim.

Postda 3-4 nafar DAN hodimi, 3 qator mashinalarni tekshirishardi. Bizning navbat keldi. Haydovchiga "bagajni och" deganday belgi ko'rsatishdi, yukxona ochildi. Hamma hayajonda (yoki menga shunday tuyulyotgandi) pashshaning uchgani seziladi demoqchi edim yaqin atrofda pashsha yo'q, tixo, spokoynode karoche)

- Sumkalar kimniki? (Orqadan ovoz keldi)
- Meniki. (Oldinda o'tirgan bola)
- Ichida nima bor?
- Kiyimlarim.

Yukxona yopildi, ustidan 2 marta urildi. Bu "ketaveringlar" degani edi.

Ketayapmiz, hamma hayron. Shuncha kutib, shuni ko'rdikmi? Shuncha vaqt "sumkada nima bor" degan savolga bizni "qimmatli" (meniki ja qimmatmasdir, lekin yonimdagilar rostdan shoshishyatgandi) vaqtimiz olindimi? Taksist kulyapti, men kulyapman, hamma kulardi. "Ey inson hech bo'lmaganda sumkani ochib ko'r" derdi taksist.

Taksist yo'l bo'yi ensani qotirib kelgan bo'lsayam bu gapida jon bor edi. Shunaqa katta tekshiruv ekan, tintuv qilishsin, yonimizga itini olib kelib hidlatmaydimi, bizga qanaqadir rasmlar ko'rsatishsin, pasportimizni so'rashsin, hech bo'lmaganda sumkani ochib qarashmaydimi?
"Kiyimlarim" degandi, chippa-chin ishondi? Bo'pti, ochib qaramas ekansan, sumka egasining yoniga kelib, shu savolni berib, yuz tuzilishi o'zgarishini kut! Balki dovdirar! Balki sarosimaga tushar! Ko'zlari olayib "men, meeen, kiyimim, kiyimlarim" der?! Yoki anavi bolaning peshanasiga "yolg'on detektor"ini ulaginda monitorga qara? Balki yolg'on gapirayotgandir!?
Atrofga qaradim birorta belgi yo'q
mana shunga o'xshagan. Ho`p, shunaqa ekan ular qanaqa javob kutishgandi? "Ichidami? Ha, 2 kg geroyin bor kamandir aka" yoki, "4-5 ta granatacha borda aka" degan javob kutilgandi chog'i?

Xullas, bolaning yolg'on gapirmasligi uchun birorta sabab ko'rmadim. Lekin men bu gaplarim bilan bolani yolg'on gapirdi demoqchimasman. DAN xodimining ustidan ham kulmayapman. Shunchaki, o'z ishiga mas`uliyat bilan yondashib, sal e'tiborliroq bo'lganda zarar qilmasdi.

Endi har kuni shunaqa ekan, uzun-quloq gaplarga qaraganda Navro'zgacha davom etarmish...

7 мар. 2015 г.

Birinchi qor.

Odnoklassnikiga kirsam sms kelibdi, bugun Anvarni tug'ulgan kuni ekan. Esimdan chiqibdi.
Oilada 4 ta farzand edik, 3 o’g’il 1 qiz. Katta akam o’qidi, opcham(opani biz opcha deymiz) o’qidi, men o’qiyapman, faqat u o'qimadi. O'sha futbolini orqasidan ketdi. Litseyidan haydaldi, yoshini kichraytirdi, qo'lidan va oyog'idan kelgan xammasini qildi o'sha futbolini deb. Keyinchalik ularni akademiyasi yopildimiyey ishqilib bir balo bo'ldi,  bolalar rasman bekorchiga aylanishdi. Ozgina vaqt tog'a, amaki, pochcha qildi foydasi bo'madi. Hech qayerda o'ynab ketolmadi. 1-2 yil mahallada yurdi futbol o'ynab, keyinchalik ko'pchilik qatori rusga ketdi. 
 Aniq sanasi esimda yo'gu 2-yildan sal ko'proq yurib dekabr oxirlarida birdan qaytib keldi. Meni chaqirdi aeroportga, borsam faqat tog'am kelgan, qolganlar bexabar ekan, shunisi maqul dedi. Ko'rdim. Akam mendan kichkina bo'lib qopti, bo'yi ham jussasiyam ancha kichkina. Men o'sayotgan paytim ketuvdi, o'ziyam cho'kibdi. ustida katta katta kiyimlarni ko'rib bir kulgim keladi bir rahmim, ish ish deb yuravergan, topganini uyga jo'natgan, opamga(biz onani opa deymiz) yig'ib qo'ying borganimcha degan ekan. Ko'chaga chiqmagan "noch"dayam ishlagan, bo'sh vaqt topilib qolsa stadionga yugurgan. Ertasiga toshkentdagi amakimni ko'rgani bordik. Yo'lda ko'p narsani aytdi, yaxshi ishlab yurgani, tishi og'rigani uchun do'xtirga borgani, do'xtir uni ko'rib "sen raksan" degani, shu joyiga kelganda "xoxolab" kuldi. Ruslarni do'xtiriday voximachi do'xtir bo'lmas ekan dunyoda. Gapirib bo'lgach, sal jiddiylashib:
- opamga aytib yurma bilasanu opamni, voximada rus do'xtirdan ham o'tadi.
- xm. endi nima qilasan?(akamni senlayman)
- bilmadim, do'xtirga boraychi nima ekan bilay, balki rostdan ham jiddiyroq narsadir, jaa rak bo'lmasayam.
 Kelinglar shu yerda 1 yilni o'tkazvoray.
 Bu orada akamni o'simtasini gaymaritga va yana qanaqadir bir balolarga chiqarishdi, keshishdi, uyga jo'natishdi. Bir oydan so'ng akam qaytib bordi operatsiya qilgan do'xtirlar yana uni ko'rishdi, chekaroqqa chiqishdi, bir-biriga baqirishdi. Keyin bilsak akam rak ekan haqiqatdan ham. Rossiyaning "Piter" shahridagi arzonroq bo'lgani uchun akam borgan oddiygina bir stomatolog aniqlagan narsani, poytaxtimizning manaman degan shifoxonasidagi prapessor do'xtirlar sezmasdan "kelgan balo qazo shunga ursin" deb kesib tashashgan ekan. Raxmat  senga TASHMI!
 30-noyabr, shanba. O'qishdan qaytdimu akamni ko'rgani "onkologiya dispanseri" degan sog' odam borish ehtimoli judayam kam bo'lgan joyga shoshildim. Bordimu holamni uyga jo'natdim. 2 ta holam va opam almashib unga qarashardi, opam bir o'zi charchab qolardi, uxlash mumkinmas uni yonida. To'g'risi uyda yotish navbati kelgan opamniyam o'g'lidan uzoqda hotirjam uyoqda tursin umuman uxlay olishiga ko'zim yetmasdi. 
 Anvarni yuzini bir tarafi ichkaridan ishib ketgandi. Chap ko'z, burun, chap quloq ishlamay qolgan, o'simtani uchi o'gzidan chiqib turardi, o'simta tufayli xona judayam sassiq edi. Uyg'onishini kutdim, uyg'ondi, ko'rishganday bo'ldim. Oyog'ini uqalashimni chala chulpa tushuntirdi. Har doimgidek muzday oyoqlar, oyog'ini uqalayapman ko'ziga qaradim, yagonagina ko'zi mo'ltillab meni kuzatardi. Nimalarni o'ylagan bo'lsa o'shanda? Opamga qarab takrorlaydigan "hali tuzalib ketaman" degan gapga o'ziyam ishonarmidi? har kuni qanaqadir kerosindan 100 gramm ichishi, yig'lamsirab, inqillab himyaterapiyadan chiqishi bilan opamni yonigacha hech narsa bo'maganday borishi bular nimani anglatardi? O'zi ham ishonarmidi, yoki bizni ishontirarmidi? Esimda do'xtirlar uyga qaytarvorganda uyimizda baqirib yig'lagani "opa bir narsa qiling" deb. Og'riqqa chidolmagandi, biz yana oborganmiz. Nima qilaylik tirik odamku u? Joni og'riyaptiku? Kim bizni eshitadi? Do'xtirlar yana ketishimiz kerakligini aytishdi, akamni qo'limda ko'tarvolganman. 30-40 kgni ko'tarish qiyin emas ayniqsa u jigaring bo'lsa umringni oxirigachayam ko'tarib yurishing mumkin. Do'xtirni xonasini yonida turibman, zalda. Akam qo'limda. Opam ichkarida do'xtirga yig'lamsirab bir nimalardir deyapti, foydasi bo'lmadi. Opam chiqdiyu ko'z yoshini artib xuddi yosh bolani aldaganday:
- bolajonim uyga boramiz bu yerda joy yo'q ekan ukollarni yozib berdi dedi.
 Akam menga qarayapti ko'zimni opqochyapmanu ko'z yoshimni qanday opqochaman? Artay desam qo'limda akam. Bir vaqtlar meni ko'tarib, kulib o'ynatib yurgan akamni endi men ko'tarib yig'lamsirab ketyapman. Atrofindagi lanati ko'zlar ham sendan ko'zini uzmaydi. 
  Shularni o'ylab oyog'iniyam yarim soatcha uqalab qo'yibman. 
- Akmal? oynani yoniga obor.
Turg'izdim, oynani yoniga bordik. Qarasam akam nimagadir xursand bo'lardi, buni faqatgina o'sha ko'zchasidan bilish mumkin edi.
- Qorku! Birinchi qor! 
dedi va tasdiqlashimni kutib menga qaradi. Boshim bilan "xa" deganday qildim.
  Hali kuz tugamagan, bugun kuzni oxirgi kuni bo'lsayam qor shu paytgacha 3-4 marta yog'ib ulgurgandi. Bechora akam bulardan bexabar, endi ko'rib turibdi. To'g'risiyamda opam, yoki xolam uni ko'tarib oynani yoniga oborolmasa kerak harqalay. Oynadan ancha vaqt tikilib turdi, keyin yana yotqizishimni so'radi.
 Raxmat kuz, raxmat qor, sen akamni oxirgi marta sal bo'lsayam quvonishiga sababchi bo'lding. 
 8-dekabr kuni akam yutqazdi. Xa yutqazdi, bir yillik azoblardan so'ng yutqazdi. Uyda, to'shakda indamasdan joni uzildi. Biz axmoqlar xursand bo'libmiz Anvar uxladi! bir hafta deganda ko'zi yumildi deb. Bilganimizda 15-daqiqacha bo'lib qolgan ekan. O'tirgan joyida ko'zi ilingan onamni xolamni uvillashi uyg'otvordi. 
 Bir haftalardan so'ng, narigi ko'chada moshinalarni signali. Anvarni yaqin sinfdoshlaridan biri uylandi, o'shanda bilibman xattoki birorta sinfdoshini to'yiga borolmagan ekan.
 Bularni nega yozganimni o'zim ham bilmayman. Raxmat klaviatura.
Ismlar o'zgartirilgan